Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan Qonun talablari buzilib, tender tanlovlari o'tkazilmasdan, festival tadbirlarini o'tkazish uchun turli firmalar bilan 20 mlrd. so'mlik to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzilgan.
Ushbu festivallar 2022 yilning may-sentyabr` oylarida amalda o'tkazib bo'lingan bo'lsada, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 24 oktyabr` va 3 noyabr` kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o'tkazish haqida nomigagina e'lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.
O'tkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va ko'rsatilmagan xizmatlar uchun 8 mlrd. so'mlik byudjet mablag'lari talon-taroj qilingani aniqlandi.
Tekshirish natijasiga ko'ra, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdorlarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Boshqarma tomonidan amalda bajarilmagan ishlar va ko'rsatilmagan xizmatlar uchun 8 milliard so'mlik byudjet mablag'lari talon-taroj qilingani aniqlandi.
Yerda so‘nggi uch oy ichidagi eng kuchli magnit bo‘roni qayd etildi
- 12-oktabrdan boshlab Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti besh kunga to‘xtatiladi
- Andijonda yuk mashinasining 7 ta avtomashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
- O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasiga ishga yuborish masalasi muhokama qilindi
- Banklar endi kredit qarzi uchun kartadagi pullarni yechishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng mablag‘ni saqlab qolishi kerak
- Tailand Qirolligiga safar qilishga oid qoidalar ma’lum qilindi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Fabio Kannavaro Oʻzbekiston terma jamoasining yangi yigʻini uchun tarkibni eʼlon qildi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi