Toshkent shahar YHXB shamol kuchaygani sababli aholiga murojaat qildi

    Toshkent shahri hududida shamol kuchayishi kuzatilmoqda.

    Aholidan ehtiyot choralariga rioya qilish, transport vositasini daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qoʻymaslik, eshik va derazalarni mustahkam yopish, yosh bolalarni qarovsiz koʻchaga chiqarmaslik soʻraldi.

    "Eslatib oʻtamiz, noqulay ob-havo sharoiti bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlarining (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanishingiz mumkin", — deyiladi ogohlantirish xabarida.