Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq,Toshkent shahri va Namangan viloyati adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli qarorlariga asosan notarius toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun 7 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning litsenziyalari toʻxtatildi. Xususan:
Toshkent shahri
Mirzo Ulugʻbek tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Kalandarova Shoxida Atanazarovnaning (litsenziya TN № 0125, 04.05.2020-y.)litsenziyasi 2020-yilning 5-noyabridan 3 oy muddatga toʻxtatildi;
Mirobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Shodmanova Moxira Furqatovnaning (litsenziya TN № 0113, 29.04.2020-y.) litsenziyasi 2020-yilning 5-noyabridan 3 oy muddatga toʻxtatildi;
Uchtepa tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius
Tashev Xabib Xakimovichning (litsenziya TN № 0060, 23.04.2020-y.) litsenziyasi 2020-yilning 5-noyabridan 1 oy muddatga toʻxtatildi.
Namangan viloyati
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius RaxmanovXabibullo Nosirovichning(litsenziya NA № 0040, 21.04.2020-y.)litsenziyasi 2020-yilning 6-noyabridan 2 oy 15 kun muddatga toʻxtatildi;
Uychi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius
Xakimov Alimardon Sobitxojayevichning (litsenziya NA № 0032, 21.04.2020-y.)litsenziyasi 2020-yilning 6-noyabridan 2 oy muddatga toʻxtatildi;
Pop tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius
AzbekovaElnora Murotjonovnaning (litsenziya NA № 0036, 21.04.2020-y.)litsenziyasi 2020-yilning 6-noyabridan 2 oy muddatga toʻxtatildi;
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Artiqov Abduraxim Abdurashidovichning (litsenziya NA № 0033, 21.04.2020-y.) litsenziyasi 2020-yilning 6-noyabridan 1 oy muddatga toʻxtatildi.
Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Andijon, Jizzax, Fargʻona va Samarqand viloyatlaridagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 16 nafar notariusning litsenziyalari toʻxtatilgan edi.
Adliya vazirligi
jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi