Toshkent shahrida 3 sotix yer 10 baravar qimmatga sotildi

    Raqamlashtirish 19 Iyul 2022 1463

    Ayni paytda Respublika boʻyicha tadbirkorlik yoʻnalishida foydalanish mumkin boʻlgan 32 mingdan ortiq yer uchastkalari “E-auksion” platformasiga turibdi.

    Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022-yildagi 71-son qaroriga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.

    Ayni paytda Respublika boʻyicha tadbirkorlik yoʻnalishida foydalanish mumkin boʻlgan 32 mingdan ortiq yer uchastkalari “E-auksion” platformasiga turibdi.

    Bugun, 19-iyul kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan boshlangʻich narxi 277 mln soʻm boʻlgan 3,04 sotix yer uchastkasi uchun qizgʻin auksion oʻtdi. 20 dan ortiq ishtirokchi oʻrtasida oʻtkazilgan savdoda ushbu yer uchastkasi 2,8 mlrd soʻmga sotildi.

    Shuningdek, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi mahallasi hududidan savdoga chiqarilgan 0,5 sotix yer uchastkasi uchun 12 nafar ishtirokchi oʻrtasida qizgʻin savdo davom etmoqda. Boshlangʻich narxi 72,3 mln soʻm boʻlgan yer uchastkasi uchun 600 mln soʻm narx taklif qilinmoqda.