Toshkent shahrida avtomobillar uchun 40 ta yoqilg‘i quyish stansiyalari soddalashtirilgan tartibda quriladi. Shuningdek, Olmazor tumanida savdo-ko‘ngilochar kompleks, Chilonzor tumanining vohadan Toshkentga kirish qismida 2 ta avtoturargoh barpo etiladi. Loyihalar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
Qaror bilan, shuningdek, Olmazor tumani Jiydali mahallasi Katta halqa yo‘li ko‘chasida fud kourt va sport maydonchalarini o‘z ichiga oladigan majmua tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Toshkentga voha viloyatlaridan kirib kelish — Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasi va Katta Do‘mbirobod mahallasida avtoturargohlar quriladi.
Loyihalar 10 yil muddatda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.