Olimpiada asosiy 3 bosqichdan iborat:
1-bosqich: Kimyo fanidan 8 ta nazariy masalalar yechish;
2-bosqich: Kimyo fanidan 15 ta nazariy masalalar yechish, ishtirokchi 15 ta masalaning 5 tasini ixtiyoriy tanlab oladi;
3-bosqich: Kimyo fanidan 5 ta amaliy laboratoriya oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 12 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda. Ularning 7 nafari Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olishadi.
56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 16-maygacha davom etadi.