Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 305 tani tashkil etgan.

2021-yilning 9 oyida mazkur sohaga doir 1 399 ta yangi korxona va tashkilotlar yaratilgan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,1 foizga oshgan.

2021-yilning 9 oyida hududlar orasida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng koʻp yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni:

Toshkent shahrida – 258 ta;

Fargʻona viloyatida – 158 ta;

Samarqand viloyatida – 149 ta;

Toshkent viloyatida – 115 ta.