Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning barcha sohalariga keng kirib bormoqda. Ayniqsa, elektron xizmatlar tarmoqlarda ish unumini oshirish barobarida, ulardan foydalanadigan odamlarning ham naqtini, ham vaqtini tejab, qulaylik yaratyapti.
Yer oldi-sotdi jarayonlarining elektron amalga oshrilishi ham ancha ommalashib bormoqda. Bu borada Toshkent shahrida olib borilayotgan ishlarning 9 oylik tahlili haqida Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Bekzod Toshxo'jayev o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga asosan Tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlarida yer uchastkalarini elektron auktsion savdolariga chiqarish bo'yicha 9 oylik natijalar sarhisob qilingan. Unga ko'ra, jami 634 ta bo'sh yer maydonlarini auksion orqali realizatsiya qilish maqsadida vakolatli tashkilotlar muxokamasiga kiritilgan. Shu vaqt davomida auksion orqali umumiy maydoni 31,20 gektar bo'lgan 183 ta yer uchastkalari 203,28 milliard so'mga sotilgan.
Bugungi kunda Toshkent shahrining umumiy yer maydoni 43 465,7 gektarni, mahallalar soni 579 tani, ko'chmas mulklar soni jami 767 797 tani tashkil etmoqda. Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari rahbariyati tomonidan sohaga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan 9 ta tumanda sayyor qabullar o'tkazilib, aholidan kelgan murojaatlar joyida o'rganilgan.
Shuningdek, inspektorlar tomonidan Toshkent shahrining tumanlari hududlarida joylashgan umumiy 2000 ta yer bo'yicha qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Qonun buzuvchilarga nisbatan 24 278 610 000 so'm jarima qo'llanib, shundan 4 968 190 000 so'm undirilgan. Qolgan 1 020 ta hujjatlar ish jarayonida.