Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar belgilandi:
- ikki hafta muddatda ilmiy asoslangan holda poytaxtning qaysi koʻchasida qanday daraxt va ekinlarni joylashtirish boʻyicha taqdimot qilish;
- yil yakuniga qadar Boʻzsuv suv inshootining boʻsh turgan 40 gektar maydonida “yashil hudud” tashkil etish;
- ikki oy muddatda poytaxtga yangi qoʻshilayotgan hududlarning 1,5 ming gektarida daraxtzorlar tashkil etish ishlarini boshlash;
- hududlarda yil yakuniga qadar aholi massivlarida 855 gektar maydonga ega “yashil maydon” hamda 585 gektar maydonda jamoat parklarini tashkil etish. Bunda ushbu hududlarni yer va mulk soligʻidan ozod qilish;
- daraxtlarni bino va inshootlar mulkdorlariga biriktirish va kadastr pasportini taqdim etish tizimini joriy etish.