Yomgʻirning davomiyligi 2,5-3 soat boʻldi Shahar tumanlarida yomgʻirning jadalligi:

Teleminora hududida - 10 mm, Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida - 22 mm, Toshkent xalqaro aeroporti hududida – 33 mm ni tashkil etdi. Doʻlning diametri 11 mm ga yetdi, shamol baʼzi joylarda 18 m/s gacha kuchaydi.

Taqqoslash uchun, 1936-yil 2-aprelda Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida 32 mm yomgʻir yogʻgan.

Oʻzbekistonda bahor faslida momaqaldiroq bilan kuchli jala yomgʻirlar yogʻishi, baʼzida doʻl yogʻishi holatlari koʻpincha sodir boʻlib turadi. Bunday holatlar Toshkentda bahor oylarida tez-tez kuzatiladi.

Mart

Toshkentda 2022 yil mart oyi eng nam, meʼyor 66 mm boʻlganda bir oyda 189 mm yogʻingarchilik boʻlgan, u meʼyordan 285 foizni tashkil etadi. Bunday yogʻingarchilik miqdori 1969 yil rekordini yangiladi, ushbu davrda bir oy davomida 184 mm yogʻingarchilik boʻlgan.

Mart oyida kecha-kunduzlik maksimal yogʻingarchilik rekordi 50 mm ni tashkil etadi, u 2009 yil 18 martda oʻrnatilgan.

2011 yil 14 mart kuni Toshkentda bir kecha-kunduzda 37 mm yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik yogʻdi. Toshkentda deyarli har yili 15 mm dan 22 mm gacha boʻlgan kuchli yogʻingarchilik boʻladi, miqdori 23 mm dan 30 mm gacha boʻlgan jadal yogʻingarchiliklar esa 3-5 yilda 1-marta kuzatiladi.

Aprel

Kuzatuv tarixida 1990 yilning aprel oyi eng nam boʻldi. Toshkentda 179 mm yogʻingarchilik yogʻdi, bu taxminan 3 oylik meʼyorni tashkil etdi, 1990 yil 8-aprelda kecha-kunduzlik yogʻingarchilik miqdorining mutlaq rekordi oʻrnatildi. Aprel oyining oylik meʼyori 63 mm boʻlganda shu kun davomida Toshkentda 65 mm yomgʻir yogʻdi.

2019 yil aprel oyida Toshkentda oy davomida 146 mm yomgʻir yogʻdi, bu meʼyordan 236 foizni tashkil etdi, 24-aprel kuni esa kecha-kunduzlik maksimum 41 mm.ni, bu oylik meʼyordan 65 foizni tashkil etdi. 19-21-aprel kunlari ketma-ket uch kun davomida jami miqdori 52 mm (oylik normadan 83 foiz) boʻlgan kuchli yomgʻir kuzatildi.