“Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, DXX, Bosh prokuratura, Ichki ishlar boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan “K.Y.A.” MCHJga qarashli metallni qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 26 mlrd 945 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.