Toshkent shahrida “Milliy qadriyat davomchilari!” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

    Madaniyat 30 Oktabr 2020 2234

    Bugun poytaxtimizda Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida “Milliy qadriyat davomchilari!” nomli koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.

    Mazkur koʻrik-tanlov mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning iqtidorini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ular qalbida xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchilik anʼanalarini boyitish, sanʼatga mehr uygʻotishga qaratilgan. Shuningdek, Toshkent shahrida milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatini yana-da rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli oʻrganish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.

    Ushbu koʻrik-tanlovda Toshkent shahridagi iqtidorli va sanʼatga ixlosmand yosh hunarmandlar ishtirok etdilar va oʻzlarining ish namunalaridan koʻrgazma tashkil qilib, mahorat darsi oʻtkazib berdilar.

    “Milliy qadriyat davomchilari!” koʻrik-tanlov gʻoliblari nominatsiyalar boʻyicha aniqlandi va hamkor tashkilotlar va homiylar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar, deb xabar beradi Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.