Tadbirda fuqarolar Oʻ.Ya. va I.S.lar ayniqsa hozirgi pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini aholiga qimmat narxlarda sotish orqali daromad orttirishni koʻzlab, “Remdesivir for injection 100mg” dori vositasini har birini 680 ming soʻmdan hisoblab, toʻlovni AQSH dollarida amalga oshirishga kelishib, jami 300 dona “Remdesivir for injection 100mg” dori vositasini 19 100 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.