Matbuot anjumanida YUNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz taʼlim siyosati va tizimlari boʻlimi boshligʻi Chakrun Borxen va YUNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Diavara Roxayalarning qatnashdi.
Odatda har 10 yilda bir marta oʻtkaziladigan tadbir Toshkent shahrida oʻtkazilishi mamlakatimizda erishilgan yutuq va marralarni namoyish etish, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish modelini namoyish etish, eng yaxshi fikr va tajriba almashish imkonini beradi.
Matbuot anjumanida II Butunjahon konferensiyasi haqida maʼlumotlar eʼlon qilinib:
- YUNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasida qabul qilingan hamda 18,25,33 va 37-sessiyalarida takomillashtirilgan “YUNESKOning uchrashuvlar turkumlari va umumiy klassifikatsiyasi toʻgʻrisidagi qonuni”ga koʻra, ushbu yigʻilish ikkinchi turkumga mansubligi;
-yigʻilishning maqsadi aʼzo davlatlarning kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimiga ziyoli jamiyat qurish va muntazam rivojlanish strategiyalarining muhim qismi sifatida qarovchi yangilangan siyosiy qarashlarini takomillashtirish va sarmoyalarini oshirilishi;
“Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha butunjahon konferensiyasi”ning milliy va mahalliy tayyorlov jarayoniga asoslangan holda strategiyalar, sheriklik, mablagʻlar va bu masalada oʻrnak koʻrsatayotgan tashkilotlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilayotganligi;
U 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari 4,2 ga yetish va BRMning kichik yoshdagi bolalar bilan bogʻliq boshqa maqsadlariga erishishga xizmat qilishi;
Xulosalovchi hujjat konferensiyaning “Kuchli poydevor sari: kichik yoshdagi bolalarning sifatli tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha rivojlanishlar va mavjud qiyinchiliklar” nomli maʼlumotnoma hisobotiga, konferensiya arafasida tashkil etiladigan mahalliy uchrashuvlar va koʻp sonli maslahatlashuvlar natijasiga asoslanishi;
Xulosalovchi hujjatning yakuniy varianti tegishli tomonlar, xususan, YUNESKOga aʼzo davlatlar va taraqqiyot boʻyicha asosiy hamkor agentliklardan iborat loyihalash guruhi tomonidan tasdiqlanishi maʼlum qilindi.
Shu bilan birgalikda, ijrochi kengash tomonidan qabul qilingan
tegishli qarorga muvofiq, yigʻilish qatnashuvchilari aʼzo davlatlar hamda hamkor davlatlar vakillaridan iborat boʻladi. Shuningdek, aʼzo boʻlmagan davlatlar, YUNESKO oʻzaro aʼzolik kelishuvlarini yakunlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasalarning vakillari, xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari hamda boshqa nodavlat tashkilotlari va tizimlari, jamgʻarmalar, ikki tomonlama muassasalar va shu kabi institutlar yigʻilishga kuzatuvchi sifatida taklif qilinadi.
Bugungi matbuot anjumanida YUNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz taʼlim siyosati va tizimlari boʻlimi direktori Borxen Chakrun va YUNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Roxaya Diavaralar ishtirok etdi.
YUNESKO tomonidan Oʻzbekiston Jahon konferensiyasini oʻtkazadigan mamlakat sifatida tanlandi, soʻnggi 12 yil ichida ketma-ket ikkinchi va birinchi boʻlib, erta rivojlanish sohasidagi muvaffaqiyatlar, mamlakat rahbariyatining yosh bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga boʻlgan sadoqati tufayli Oʻzbekiston bu sohada “Jahon chempionlaridan biri” boʻldi deb eʼlon qilindi.
Maʼlumot uchun: 2010-yil 27-29-sentyabr kunlari Moskvada YUNESKOning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va taʼlim boʻyicha Butunjahon konferensiyasi boʻlib oʻtdi, uch kun davomida uning ishtirokchilari butun dunyo boʻylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
“Konferensiyaning asosiy maqsadi — barcha bolalarni, shu jumladan, kam taʼminlangan qatlamlar va jamiyatning ijtimoiy kam taʼminlangan tarmoqlari uchun barcha bolalar uchun rivojlanish va oʻrganish sohasida qulay boshlangʻich imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan erta bolalikni parvarish qilish va taʼlim sohasidagi siyosatni ishlab chiqishdir”, deyildi, YUNESKO bayonotida.