“ToshIEM”ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sababli bir necha tumanlarning ayrim hududlarida 2022-yil 20-iyun soat 18:00 dan 21-iyun soat 06:00 ga qadar issiq suv ta'minoti vaqtincha qisman to'xtatiladi. Bu tumanlar:
— Mirobod;
— Yakkasaroy;
— Yashnobod;
— Mirzo Ulug'bek;
— Yunusobod;
— Shayontohur;
— Chilonzor;
— Sergeli.
Yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilishi bilan issiq suv ta'minoti tiklanadi.
“Toshissiqquvvati” DUK noqulayliklar uchun uzr so'raydi, deb yozildi keltirilgan manbaada.