Aniqlanishicha, 6,8 tonna goʻsht va goʻsht maxsulotlari, 43,5 tonna oʻsimlik, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan va ushbu mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan va zararsizlantirib yoʻqotilgan.

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Alisher Safarov maʼlum qildi.

“Davlat veterinariya xizmati ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda 58 holatda amaldagi qonun talablari va normalarining buzilish holatlarida jami 12 tonna goʻsht va goʻsht mahsulotlari isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda zararsizlantirildi” deydi brifingda Alisher Safarov.