Fuqaro I.O Toshkentdagi “Abu-saxiy” savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qoʻyish joyida turgan kurtkalardan birining choʻntagidagi 60 ming soʻm va “Samsung A24” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab, voqea joyini tark etgan.
Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, “Samsung A23” telefon apparatini “qoʻlga kiritgan”.
Sud hukmiga koʻra, I.O. ga 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.