“Hududgaz poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabarida taʼkidlanishicha, Yangihayot tumanining “Tashabbus” mahallasi hududida joylashgan gaz quvurida Yangihayot, Sergeli tumanlarining hududlarini ajratish maqsadida taʼmirlash ishlari rejalashtirilmoqda. Shu sababli 14-oktabr kuni soat 10:00 dan

Yangihayot tumanining “Tashabbus“, “Yangi umid”, “Yangi turmush“, “Humo”, “Yangihayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Ibrat”, ”Olchazor” MFYlardagi jami 16 820 ta xonadonda hamda ushbu hududlardagi 111 ta ulgurji tashkilotlarida;

Sergeli tumanidagi “Madadkor”, “Ziynat”, “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy” MFYlardagi jami 8380 ta xonadonda hamda ushbu hududlardagi 31 ta ulgurji tashkilotlarida taʼmirlash ishlari tugaguniga qadar tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, Yunusobod tumani Amir Temur, Shahrisabz hamda Istiqlol ko‘chalari kesishmasida joylashgan yerosti d-219 mm.li o‘rta bosim gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgani sababli 14- oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “S” 4-mavzedagi 35 ta ko‘p qavatli uylarda, Kablukova ko‘chasida hamda ushbu hududlardagi 20 ta ulgurji tashkilotlarda gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.