Yunusobod tumani Hasanboy hududi KXAY, Islomobod, Ahrorobod ko‘chalaridagi hamda Qoloqtepa mozori yonidagi jami 5 ta manzilning chegara hududlariga o‘rnatilgan gaz hisoblagichlarni davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli joriy yilning 27 mart kuni soat 10:00dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.      

Shundan aholi iste’molchilar:

-  "Hasanboy", "Islomobod", "Sharq haqiqati, "Katta Hasanboy" MFYlardagi jami 4 600 ta uy xo‘jaliklarida;

Ulgurji iste’molchilar:

-  Ulgurji iste’molchilar 105 ta.

Ko‘rik yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi rasmiy manbada.