Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun holatiga Toshkent shahrida sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 16,7 trillion soʻmni tashkil etgan.

Bu oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 13,8 foizga oʻsgan.

Kuzatilayotgan davrda Toshkent shahrida YAHM tarkibida sanoat tarmogʻining ulushi 33,2 foizni tashkil etgan.

Yillar kesimida oshkent shahrida YAHM tarkibida sanoatning ulushi (yanvar-iyun holatiga): 

2017-yil – 30,6 foiz;

2018-yil – 34,9 foiz;

2019-yil – 34,8 foiz;

2020-yil – 34,4 foiz;

2021-yil – 33,2 foiz.