Bugun moliya bozoriga biri-biridan jozibador bank xizmatlari kirib kelmoqda. Mijozlar uchun esa nafaqat sifat va maqbul shartlar, balki qulaylik ham juda muhim. Zero, odamlar kichik bir bank amaliyoti uchun ham falon kilometr yo‘l bosib, ko‘p vaqt yo‘qotishni istamaydi. Aksincha, o‘z uy manzili yoki ish joyiga yaqinroq moliya muassasasini tanlaydi-qo‘yadi.

Shu sababli  Xalq banki o‘z mahsulot va xizmatlarini xalqqa yanada yaqinlashtirish, aholi orasiga kengroq kirib borish harakatida. Joylarda tashkil etilayotgan “Bank xizmatlari markazlari” esa ushbu maqsadlar ro‘yobiga xizmat qilyapti.

Mana, bugun poytaxtimizning bir yo‘la besh manzilida ana shunday zamonaviy markazlar ish boshladi. Ulardan 2 tasi Mirobod, 2 tasi Shayxontohur va bittasi Yashnobod tumanlarida foydalanishga topshirildi.