Natijada 8 xil mahsulot bo‘yicha o‘tgan oydagiga nisbatan minimal narxlar pasaygani aniqlangan. Xususan, oq karam 22 foizga, guruch 15,6 foizga, qizil sabzi 10 foizga, kungaboqar yog‘i 7,4 foizga, sariq piyoz 6,8 foizga, margarin 6,6 foizga, limon 5,6 foizga hamda lavlagi 5,1 foizga pasaygan.
4 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Ayniqsa, pomidor va bodring narxining oshishi yaqqol seziladi. Xuddi shunday tendensiya o‘tgan yilda ham kuzatilgandi.
Tahlillarga ko‘ra, 9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida grechka, sut, bug‘doy uni kabilar bor.