Shu yilning 14-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi delegatsiyasi Hindistondagi taʼlim jarayonini oʻrganish maqsadida Rajamundrayga joʻnab ketgandi.
Tashrifning dastlabki haftasida ular Rajamundray shahridagi GSL Tibbiyot universiteti asoschisi Doktor Ganni Bhaskar va kafedra mudirlari bilan uchrashdi.
Delegatsiya aʼzolari uchun universitet kampusi boʻylab sayohat uyishtirildi. 24/7 rejimida faoliyat olib boradigan “Green Library”ning “Simulation center”i bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, universitetning Anatomiya, Mikrobiologiya, Patologik Anatomiya, Biofizika, Biologik kimyo kafedralari oʻqitish tizimi oʻrganildi.
“Competency Based Medical education”, “Soft skills” mavzusida interaktiv darslarda qatnashdi. Shifokor va bemor oʻrtasidagi munosabatlarni talabalarga oʻrgatishning zamonaviy usullari bilan tanishdi.
Bundan tashqari, universitet qoshidagi GSL kasalxonasi maʼmuriyati, Ichki kasalliklar, Reanimatsiya, Kardiologiya, Nefrologiya, Xirurgiya boʻlimlarida boʻlib davolash jarayoni, bemor xavfsizligi boʻyicha tashkiliy jarayonlarni oʻrgandi.
23-dekabrda GSL Dental universiteti bitiruvchilari sharafiga tashkil qilingan marosim Toshkent tibbiyot akademiyasi delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.
Parlament aʼzosi, Rajamundray hokimi, Universitet professor-oʻqituvchilari ishtirok etgan marosimda Oʻzbekistonlik mehmonlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.