Toshkent tibbiyot akademiyasi O'zbekistondagi tibbiyot oliy o'quv yurtlari ichida birinchilardan bo'lib QS Star Very Good 4 yulduzli oliy ta'lim muassasasiga aylandi. Bunday yutuqqa akademiya ta'lim berishda o'ziga xos yangi standartlarni o'rnatgani tufayli erishdi.
Akademik mukammallik, ilg'or tadqiqotlar va talabalarga yo'naltirilgan yondashuvlarga tinimsiz intilishi TTAni global ta'limning birinchi qatoriga olib chiqdi. Akademiyada yuqori darajadagi ta'limni ta'minlash va o'sish uchun qulay muhitni yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlar QS Stars reytingida alohida e'tirof etildi. Kelgusida uning oliy ta'lim sohasida sifat mayog'i bo'lib, mavqei yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.
TTAning QS Stars xalqaro reytingida 4 yulduzga ega bo'lishi nafaqat akademiya, balki mamlakatimiz tibbiyot oliy o'quv yurtlari uchun katta yutuq. O'zbekistonda tibbiyot oliy ta'lim tizimida ushbu nufuzli unvonga birinchi bo'lib sazovor bo'lgan TTA o'z mavqeini ta'lim sohasida haqiqiy etakchi sifatida mustahkamladi. Bu akademiyaning xalqaro standartlarga sodiqligi va global raqobatbardoshlikka intilishidan dalolat beradi.
QS Stars reytingi keng qamrovli va jahon miqyosida e'tirof etilgan baholash tizimi bo'lib, turli yo'nalishlardagi universitetlarni ularning faoliyati haqida umumiy tasavvur taqdim etish uchun baholaydi. U universitetlarni bir necha muhim yo'nalishlar, jumladan, o'qitish sifati (5 yulduz), ishga joylashish (5 yulduz), tadqiqot (4 yulduz), xalqaro miqyosga chiqish (3 yulduz), qulayliklar (3 yulduz), innovatsiyalar (yulduz), inklyuzivlik va boshqalar asosida baholaydi. Reyting tizimi universitetning kuchli tomonlarini yaxlit ko'rish imkonini beradi. SHu bilan birga, bo'lajak talabalar, tadqiqotchilar va akademik hamkorlarga uzoq muddatli va ishonchli hamkor sifatida tan olinishga zamin yaratib, strategik hamkor sifatida qaray boshlashiga asos bo'ladi.
TTA QS Stars reytingi tomonidan baholangan akademiya barcha jihatlar bo'yicha — eng ilg'or tadqiqot tashabbuslaridan tortib innovatsion o'qitish metodologiyalarigacha jahon OTMlarining etakchi 1000 lik ro'yxatiga tobora yaqinlashib borayotganidan dalolat beradi, deyiladi akademiya axborot xizmati xabarida.