Ushbu konferenchiyada Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Farrux Sharipov, Toshkent tibbiyot akademiyasining professor oʻqituvchilar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi anjumanda tibbiy profilaktikani kuchaytirishga qaratilgan “maqsadli” chora-tadbirlar xususan,tibbiy-sanitariya xizmatining jozibadorligini oshirish va sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash borasida fikrlar almashildi.

Shuningdek konferensiyada ekspertlar birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati xodimlarining mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish;

Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

Davlat tibbiy sugʻurta tizimini takomillashtirish singari muhim masalalar borasida maʼruza qildi.

Konferensiyada yana koʻplab masalalar koʻtarilib, ekspertlar tomonidan sohaga oid tajribalar almashildi.


Hamkorlik materiali