Bundan tashqari, akademiyada yapon professorlari hamda mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda bemorlarni kompyuter tomografiyasi orqali tashxislash yoʻlga qoʻyildi.

“Soʻnggi yillarda akademiya va Yaponiya tibbiyot taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik yanada faollashdi. Bugungi kunda akademiyada Xalqaro hamkorlik agentligining stajirovka dasturini yakunlagan 3 nafar yaponiyalik mutaxassis faoliyat yuritadi. Shuningdek, yaponiyalik bir nafar mutaxassis akademiyaga professor sifatida ishga qabul qilindi. Shu bilan birga, 2022-yilning oʻzidayoq Yaponiyaning tibbiyot korporatsiyasi bilan birgalikda akademiya negizida talaba va oʻqituvchilar uchun yapon tili kurslarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi”,— dedi A.Shodmonov.