Konferensiyada  O'zbekistondagi barcha tibbiyot yo'nalishidagi  oliy ta'lim muassasalari shuningdek, xorijdagi dunyoga mashhur  tibbiyot oliy ta'lim muassasalari xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi, Rossiya, Qozog'iston Respublikasi, Belarus, Qirg'iziston, Tojikiston,  Respublikasi oliy o'quv yurtlari talabalari  ishtirok etyapti.

Shuni alohida e'tirof etish o'rinliki, TMA bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib borayotgan  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ va KOFIH Koreya xalqaro sog'liqni saqlash jamg'armalarining mazkur nufuzli  tadbirni tashkillashtirish va hamkorlikdagi  ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirishdagi  xizmatlari beqiyos. 

Bugun yosh olimlar  va talaba yoshlar uchun   ilmiy salohiyat yana bir bor sinovdan o'tadi. Yangi fikr va g'oyalar asosidani innovatsiyalar, zamonaviy  yondashuvlar,  biri birini takrorlamaydigan eksklyuziv yo'nalishlar,  mutloq yangicha qarashlar bilimlar bellashuvining adolatli  maydoniga ko'chadi.

O'ylaymizki, talabalarning jahon ilm-fanidagi faolligini oshirishga xizmat qiladigan  mazkur anjuman  kelajakda ham sinalgan tajribalarni o'rtoqlashish uchun qulay do'stona makon vazifasini o'taydi.

Bu esa respublikamiz fan va texnika taraqqiyoti rivojiga  yosh olimlar, yangi iqtidorlar tomonidan qo'shilajak munosib hissadir.

Akademiya matbuot xizmati