“Toshkent-Urganch-Toshkent” yoʼnalishida qoʼshimcha poezd qatnovi yoʼlga qoʼyildi

    Yangi yil bayrami arafasida yoʼlovchilarga, ayniqsa, talabalarga yanada koʼproq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 27 hamda 29 dekabrь kunlari “Toshkent-Urganch-Toshkent” yoʼnalishida qoʼshimcha yoʼlovchi poezdi qatnovi yoʼlga qoʼyildi.

    "Mazkur poezdlar ushbu kunlari soat 23:00 da Toshkent janubiy temir yoʼl vokzalidan qatnovini amalga oshiradi", deyiladi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabarda.

    Izoh: Qoʼshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʼl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.