Bu haqda «Huquqiy axborot« telegram kanali maʼlum qildi. Tadbir doirasida:

  • fuqarolarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;
  • taniqli sanʼatkorlar ishtirokida konsert, koʻngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi;
  • sovrinli viktorinalar oʻtkaziladi;
  • sayyor qabullar tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi tadbir “Sayilgoh” koʻchasida 2025-yilning 5-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.

Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya koʻchasi”da oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!