Toshkent va Namangan viloyatlari togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʻlon qilindi

    Yashil sayyora 15 Mart 2023 880

    “Oʻzgidromet” direktori feysbukdagi sahifasida 16—23-mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi.

    “Oʻzgidromet” direktori 16—23-mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi.

    Maʻlum qilinishicha, shu kunlarda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori togʻli hududlarida, jumladan:

    • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
    • Namangan viloyatining Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʻlon qilinadi.

    Markaz rahbari togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻradi.