“Oʻzgidromet” direktori 16—23-mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi.

Maʻlum qilinishicha, shu kunlarda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori togʻli hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
  • Namangan viloyatining Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʻlon qilinadi.

Markaz rahbari togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻradi.