Bu haqda Kazinformning Toshkentdagi muxbiri xabar berdi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, ushbu yo'nalishda haftasiga uchta reys rejalashtirilgan. Ya'ni, samolyotlar dushanba, juma va yakshanba kunlari yo'lovchilarni tashiydi.
Chiptalar narxi 2,2 million so'mdan (taxminan 90 ming tenge) boshlanadi. Ularni kompaniyaning rasmiy saytidan va maxsus savdo ofislaridan sotib olish mumkin.
Joriy yilning 30-martidan boshlab “Toshkent — Atirau — Toshkent” yo'nalishi bo'yicha yangi reys yo'lga qo'yiladi.
Bundan tashqari, o'tgan yilning dekabr oyidan beri SCAT aviakompaniyasi samolyotlari Turkistondan O'zbekistonning Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni amalga oshirib kelmoqda, deb xabar berdi oz.inform.kz.
Avvalroq joriy yilning yanvar oyida 88 mingdan ortiq qozog'istonlik O'zbekistonga sayohat qilgani xabar qilingan edi.