Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.S. fuqaro J.X.ga 10 170 AQSH dollarini 129,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Yangiyer shahar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.D. fuqaro X.A.ga 3 200 AQSH dollarini 40,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 6 350 AQSH dollari, 42 300 Rossiya rubli, 40 Tojikiston somoniysi va 8,6 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.