Muloqot davomida hududlar o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Toshkent viloyati bilan Kyongido provinsiyasi o‘rtasida iqtisodiy, investitsiyaviy, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat, fan va taʼlim kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari atroflicha  muhokama qilindi.

- O‘zbekistonda hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga keng eʼtibor berilayotgani quvonarli hol, - dedi Kim Dong Yon. – Toshkent viloyati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdormiz.

Toshkent viloyati rahbari ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik jadal rivojlanayotganiga eʼtibor qaratdi.

– Kyonggido provinsiyasi bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent viloyatidagi maxsus iqtisodiy zonalar biznes vakillari va mutaxassislari bilan onlayn va ochiq muloqotlar o‘tkazish taklifini ilgari surayapmiz, - u. - Har ikki tomon tadbirkorlari o‘zaro fikr, tajriba almashsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Buning uchun har ikki tarafdan masʼullar tayinlanadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish maqsadida muntazam ravishda, shu jumladan, videokonferensaloqa tarzida muzokaralar olib borishga kelishib oldi.