Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla vafot etdi​

    Tashvishli xabar 16 Sentabr 2020 1665

    Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi. Bu haqda Din ishlari bo'yicha qo'mita xabar berdi.​

    Shuningdek, Din ishlari bo'yicha qo'mita rahbariyati va jamoasi diniy sohada ko'p yillar samarali xizmat qilgan jonkuyar ulamo Xayrulloh domlaning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi.

    Haq taolo marhumning farzandu arjumandlari va barcha yaqinlariga go'zal sabr bersin. Yaratgan oxiratlarini obod qilsin!