Hokim yordamchilarini tayinlash jarayonida iqtisodiy bilimlarga ega bo'lgan kadrlar yetishmovchiligi yuzaga kelgani, shunga ko'ra, oliy ma'lumotga ega bo'lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta'lim muassasalariga sirtqi ta'lim shaklida suhbat asosida o'qishga qabul qilinishi belgilab qo'yilgan.
Shu maqsadda, 2022-2023-o'quv yilida viloyatdagi eng muhim sifat ko'rsatkichlariga erishgan hamda samarali mehnat qilayotgan o'rta-maxsus ma'lumotga ega oliy ta'lim muassasasida o'qish istagi mavjud hokim yordamchilarining 42 nafari viloyat hokimi tavsiyasi asosida talabalikka tavsiya etilgan bo'lsa, 2023-2024-yillarda esa 35 nafari talabalikka qabul qilindi.
Ya'ni, ular bugungi kunda mazkur tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan grant asosida o'qish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi 1025 ta mahallaning har birida hokim yordamchilari o'z faoliyatini olib borishmoqda.