Mazkur biznes forumda viloyat hokimining oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov ham ishtirok etib, Bishkek shahrida faoliyat yuritayotgan “Indastril Korporeyshn” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borib, 2 ta yangi, yirik loyihaning tashkiliy ishlari, hamkorlik istiqbollari yuzasidan kelishuv imzolagan. Bu haqda viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Unga koʻra, viloyat hududida umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollariga teng yirik chorvachilik kompleksi va 1,5 million dollarlik yuqori darajadagi olovga chidamli gʻisht mahsulotlari hamda quvurlar ishlab chiqarish loyihasi ustida ish olib borilib, har ikkala davlat mutaxassislari oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari keng yoʻlga qoʻyiladi.