Shuningdek, Davlat dasturlari orqali, boshqa vazirliklar tomonidan ham bogʻchalar quriladi. 46 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik asosida, oilaviy va xususiy bogʻchalar ham bunyod etish koʻzda tutilgan.

Piskent tumanida ikkita bogʻcha quriladi. “Chalaqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻinida 90 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti barpo etish uchun 3 milliard 600 million soʻm, “Zominovul” mahalla fuqarolar yigʻinida ham shuncha mablagʻ hisobiga 90 oʻrinli bogʻcha qurilishi koʻzda tutilgan.

Yangi bogʻchalar qurilishi davlat mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.