Toshkent viloyatida 27 sentyabr` – Butunjahon turizm kuniga bag'ishlangan madaniy tadbirlar bo'lib o'tmoqda

    Toshkent viloyatida 27-sentyabr – Butunjahon turizm kuniga bagʻishlangan madaniy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

    Aytish joizki, har yili viloyat hududlarida 27-sentyabr — Xalqaro sayyohlik kuni munosabati koʻplab madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda sayohatlar tashkil etiladi.

    Xususan, bugun Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumani va Nurafshon, Chirchiq shahridagi bir qator diqqatga sazovor manzillarda tashkil etiladigan madaniy tadbirlar shular jumlasidandir.

    Maʼlumot uchun aytish joizki, ushbu sana BMTning Xalqaro turizm tashkiloti – UNWTO tomonidan ilk bor 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida taʼsis etilgan. Oʻshandan boshlab 27-sentyabr butun dunyoda Xalqaro turizm kuni sifatida keng nishonlanadi.

    Mamlakatimiz Jahon sayyohlik tashkilotiga 1993-yilda aʼzo boʻlgan.

    Toshkent viloyat hokimligi Axborot xizmati