Toshkent viloyatida 3 ta AYOQSHda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi

    Ohangaron tumanida joylashgan “D.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSH oʻrganilganda 4 dona ming litrlik yelim idishlarda dizel yoqilgʻisi saqlanayotganligi hamda nostandart yelim idishlarga dizel yonilgʻisi quyish holati aniqlandi.

    “Oʻzenergoinspeksiya”ning xabar berishicha, ushbu shoxobchada sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) maʼlum boʻldi.

    Bu kabi holatlar Yangiyoʻl tumanida “S.F.B.” MCHJ va Parkent tumanida «P.« fermer xoʻjaligiga qarashli AYOQSHlarda ham aniqlandi.

    Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.