Loyiha 28-sentyabr kuni soat 17:00da Toshkent viloyatidagi Bilim, innovatsiya va xizmatlar markazi (AKIS)da boshlanadi  va butun respublikamiz bo'ylab davom etadi.

Loyiha O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yosh fermerlari kengashi hamda Yevropa xalqaro hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, O'zbekistonning barcha viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar tajribali mutaxassislar va amaliyotchi ekspertlarning mahorat darslarida ishtirok etib, agrar sohada yuqori daromad olish imkoniyatlari haqida bilib olishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi raqam orqali murojaat qiling: +998 94 442 07 07