Oʻtgan 6 oy davomida tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 494 ming 627 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, shundan 2 mingdan ortigʻi sayyor tartibda amalga oshirildi. Viloyatdagi 7 ta markaz filiali tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 2 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Koʻrsatilgan davlat xizmatlarining statistik hisobotlariga eʼtibor beradigan boʻlsak, ular ichida eng koʻpi bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish — 70 ming 141 ta, ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish — 44 ming 876 ta, Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish — 42 ming 475 ta, kadastr pasportini shakllantirish — 35 ming 546 ta, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR) aniqlash, olish va oʻzgartirish — 27 ming 813 ta, Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuborish — 25 ming 368 tani tashkil etmoqda.

Tadbirkorlik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtganlar soni 10 ming 973 tani tashkil etdi. Shundan 4 ming 643 tasi yuridik shaxslar boʻlsa, 6 ming 330 tasi jismoniy shaxslar hisoblanadi. Shuni ham alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, ularning orasida 92 ta tadbirkor sayyor tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. 3 ming 698 nafari esa markazga kelib tadbirkor sifatida qayta roʻyxatdan oʻtgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oyida 18 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, shu kunga qadar Toshkent viloyatida 415 ta xorij korxonalari hamda 523 ta qoʻshma korxona davlat roʻyxatidan oʻtgan.

Musa KARIMOV,

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

boʻlim boshligʻi