Yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlishi va koʻp miqdorda jarima toʻlashlariga qaramasdan, ayrim haydovchilar Toshkent viloyati hududida 10 marotabadan ortiq fotoradarlar nigohiga tushmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabariga koʻra, “TRAIBLAZER” rusumli transport vositasi haydovchisi 40 kun ichida 14 marotaba tezlikni meʻyoridan oshirib qoida buzgan.

“EQUINOX” haydovchisi 30 kun ichida 11 marotaba tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

“CAPTIVA” haydovchisi tomonidan 40 kun ichida 9 marotaba tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligi sodir etilgan.

“NEXIA” haydovchisi ham viloyat yo'llarida shu qoidabuzarlikni 15 marotaba sodir etgan.