Toshkent viloyatida yer oldi-sotdisi bilan bog'liq jinoyat aniqlandi

    Qonunbuzar voqea joyida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Fuqaro S.X. Toshkent viloyati IIBB JQBga firibgarlik sodir etilgani haqida murojaat qildi. Ariza asosida viloyat prokuraturasi hamda IIV JQBBK va IJQKB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazilib, jarayon o'rganildi.

    Aniqlanishicha, 2019-yilda Yangiyo'l tuman hokimligi tomonidan fuqaro M.B.ning nomiga teng sherikchilik asosida “Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari” majmuasini qurish uchun Yangiyo'l tumani "Chortoq" mahallasi hududidan 2 gektar yer maydoni ajratilgan. S.X. o'zining jinoiy sheriklari bilan birgalikda yerning 1 gektarini 400.000 AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, undan o'zaro kelishilgan pullarning 30.000 AQSH dollarini firibgarlik yo'li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Ma'lumot uchun, meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalari oldi-sotdisiga yo'l qo'yilmaydi.