Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam 5 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro Oʻ.M. fuqaro F.ning qizini tanishlari orqali 5 000 AQSH dollari evaziga Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishga ishontirib, oldindan 1 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.