Toshkent viloyatida kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan sifatsiz goʻsht mahsulotlari yoʻq qilindi

    Tashvishli xabar 12 Iyul 2021 479

    Joriy yilning 9-iyul kuni Toshkent viloyati IIBB PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari tomonidan Yangiyoʻl tumani Niyozbosh mahallasida yashovchi A.T. xonadonida veterinariya mutaxassislari bilan birgalikda uy hayvonlarini profilaktik emlash maqsadida kirilganda 4 dona qopda kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan goʻsht mahsuloti borligi aniqlandi.

    Fuqaro T.A.dan kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan goʻsht mahsulotlarini nima sababdan saqlayotgani soʻralganda fuqaro A.T. baliq boqishligini, goʻsht mahsulotini baliqlarga berishini maʼlum qildi.

    Ushbu kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan goʻsht mahsulotlarini Yangiyoʻl tumani E.Qovunchi mahallasi hududida joylashgan chiqindi yigʻish maydoniga olib borilib, veterinariya mutaxassislari ishtirokida yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

    Fuqaro A.T.ga nisabtan veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda goʻsht mahsulotini saqlaganligi uchun veterinariya xodimlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 109-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Toshkent viloyati IIBB PPX va JTSB

    Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi