Toshkent viloyatida D.U. va Oʻ.M.lar valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, jami $10 mingni D.ga 107,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.