Toshkent viloyatida o‘tgan 6 oyda 758 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi

    Toshkent viloyatida o‘tgan 2023-yilning o‘tgan olti oyida 22 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 758 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali 248 ming 474 ta ariza yuborildi.

    Eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish 67 ming 614 ta, kadastr pasportini berish 44 ming 309 ta, narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish 39 ming 380 ta, ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish 36 ming 746 ta, pensiya (nafaqa) haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha eas 14 ming 640 ta ni tashkil etdi.

    Ikkinchi chorak yakuniga ko‘ra, Qibray tuman Davlat xizmatlari markazi orqali eng ko‘p davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan, Qibray tumanida 23 ming 10 ta, Toshkent tumanida 17 ming 635 ta, Chirchiq shahrida 16 ming 896 ta, Angren shahar DXMda esa 12 ming 834 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

    2023-yilning 6 oyi davomida davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlari soni 16 ming 924tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 3 ming 666 tasi yuridik shaxslar, 13 ming 258 tasi yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektlari. DXMlar orqali 26 ta Xorijiy investisiya ishtirokidagi (qo‘shma va xorijiy) korxonalar hamda 11 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

    Olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida 6 ming 561 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

    Xurshid Pirnazarov,

    Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

    shoʻba mudiri