Kelishuvga asosan, yaponiyalik mutaxassislar tomonidan joriy yil dekabr oyida 200 nafar yigit-qizlar tanlov asosida saralab olinadi. Oʻqish davomiyligi 6 oyga moʻljallangan. Reja boʻyicha oʻquvchilar yapon tilidan saboq olib, tibbiyot sohasidagi zarur bilim va koʻnikmalarni oʻrganadi.

Eʼtiborlisi, markaz bitiruvchilari “MEDICAL CORPORATION AOIKAI” korporatsiyasi kasalxonalari va qariyalar uylarida ish bilan taʼminlanadi.

Uchrashuvda mazkur loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilishi uchun har ikki tomonda kichik gurux shakklantirilishi belgilandi. Viloyat hokimligi tomonidan loyihani toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun oʻquv binosi ajratiladi. Uni taʼmirlash, jihozlash, kerakli moddiy-tekxnik bazasi bilan taʼminlashni yaponiyalik hamkorlar moliyalashtiradi.

Bundan tashqari, yetuk tibbiyot mutaxassislari tomonidan viloyatning har bir hududida bir qancha tibbiyot muassasalarida ilgʻor yapon meditsinasida erishilgan yutuqlarni amaliy jarrohlik va oʻquv-seminarlari asosida Toshkent viloyati tibbiyot hodimlariga oʻrgatadi. Shifokorlarning malakasini oshirish maqsadida Yaponiya davlatiga yuborish ham koʻzda tutilgan.