Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, vazirliklar va idoralaridan masʼul rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda mutasaddilar tomonidan prezidentimizning qarori mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi. Xususan, viloyatda 2021-2024-yillarda qoʻshimcha 11 ming 13 gektar, shundan fermer va klasterlarda 8 ming 963 gektar, aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarida 2 ming 50 gektar uzumzorlar barpo etish belgilangan.

Viloyatda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish, uzum yetishtirish, uni qayta ishlash, eksport salohiyatini oshirishda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada klaster tizimini joriy etish hamda aholi xonadonlarida uzum yetishtirishni keng yoʻlga qoʻyish borasida vazifalar koʻrib chiqildi. Hozir hududdagi barcha toifa xoʻjaliklarida jami 16,5 ming gektar tokzorlar mavjud boʻlib, shundan 5,7 ming gektar xoʻraki, 5,6 ming gektar kishmishbop va 5,1 ming gektar sanoatbop tokzorlar mavjud.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Parkent tumanida 5 ming 13 gektar, Qibray, Piskent tumanlarida 3 ming gektar uzumzorlarni barpo etish rejalashtirildi. Viloyatda tokzorlar maydoni 27 ming 500 gektar. Uzum hosildorligini 2 barobarga oshirib 350 ming tonnaga yetkazib, shundan 170 ming tonnasini eksportga chiqarish va kamida 40-50 ming nafar aholi bandligini taʼminlashga erishiladi.

Joriy yilning kuz va 2022-yilning qish, bahor oylarida Parkent, Qibray tumanlaridagi korxona va tashkilotlar tomonidan tuzilgan klasterlarda eksportbop yangi uzum plantatsiyalari ham tashkil etiladi. Bundan tashqari, fermer xoʻjaliklari, klasterlar va aholi xonadonlarini sifatli uzum koʻchatlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida, viloyatda qoʻshimcha kamida 2 ta “In-vitro” laboratoriyasi tashkil etiladi.

2021-2022-yillarda yangidan tashkil etilayotgan uzumzorlardan olinadigan hosilni hisob-kitob qilib viloyatda yirik hajmli muzlatkichli omborxonalar, quritish omborlari ishga tushiriladi.

Seminar ishtirokchilari “Obodkonxor” MCHJda tashkil etilgan zamonaviy uzumzor bilan tanishdi.

Elbek Shoyim,

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xodimi